Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi va Jahon banki vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida xarid jarayonlarni elektronlashtirish, “Shaffof qurilish” tizimining imkoniyatlari haqida muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda subloyihalarni o‘z vaqtida va sifatli holda yakunlash uchun tomonlarning hamkorlik qilishi, hududlarda mahalliy hokimliklar va aloqador tashkilotlar bilan muntazam ishlash, yuzaga keladigan muammolarni hal etishga birgalikda kirishish kabi masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi.
Tomonlar kelgusi hamkorlik rejalari, “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi yutuqlaridan olingan saboqlar, ulardan loyihaning ikkinchi bosqichida foydalanish bo‘yicha fikr almashishdi.