Joriy yilning 5 mart kuni Jizzax viloyati, Baxmal tumanida qishloq aholisini safarbar etish doirasida Jahon bankining xalqaro konsultanti hamda Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining qishloq fasilitatorlari va muxandislari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi (zoom). Tadbirdan ko'zlangan maqsad qishloq aholisini safarbar etish va mahalliy aholi ishtirokida turli ijtimoiy-iqtisodiy tahlillarni o'tkazish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar, vazifalar, shuningdek, erishilgan yutuqlarni muhokama qilishdan iborat. Ushbu uchrashuv yakunida Jahon banki konsultanti tomonidan qishloq fasilitatorlarining ijobiy natijalari qayd etildi, shuningdek, kelgusida fasilitatorlar tomonidan amalga oshirilayotgan joylardagi safarbarlik ishlarida e'tibor qaratish lozim bo'lgan jihatlar ham aniqlandi.