Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi ofisida Jahon banki vakillaridan iborat missiya vakillari bilan uchrashuv tashkil qilindi.
“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Jahon bankining mazkur loyiha bo‘yicha menejeri, ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha katta mutaxassis Simon Sottsas va missiyaning boshqa ishtirokchilari, BLAOG direktori v.v.b. Boburbek Egamov hamda loyihaning boshqa xodimlari qatnashishdi.
Tomonlar amaldagi “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasiga doir masalalarni muhokama qildilar. Xususan, hududlarda infratuzilma obyektlarini foydalanishga topshirish jarayoni, tender savdolarini jadallashtirish maqsadida “Shaffof qurilish” platformasidan foydalanish hamda kelgusida loyihaning 2-bosqichini amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Jahon banki vakillaridan iborat missiya kun tartibidan shuningdek, Farg‘ona viloyatidagi “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi obyektlariga tashriflar ham rejalashtirilgan.