Namangan viloyati Chust tumanida Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasida ishtirok etayotgan 13 ta mahalla fuqarolar yig‘inida uchinchi ijtimoiy audit bo‘yicha tadbirlar boshlandi.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad amalga oshirilayotgan subloyihalar, ularga yo‘naltirilgan investitsiyalar samaradorligi to‘g‘risidagi aholi fikrini o‘rganish hamda obyektlarni kelgusida foydalanish va ta’mirlash mexanizmlari faoliyatini tahlil qilishdan iborat.
Qishloq Fasilitatorlari rahbarligida olib borilayotgan ijtimoiy audit tadbirlariga mahalliy hokimliklar vakillari, jalb qilingan loyiha tashkilotlari va pudratchilar, mahalla taraqqiyot guruhi vakillari, jamoatchilik monitoringi guruhi a’zolari hamda qishloqlar aholisi jalb etilgan.