Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amalga oshirib kelinayotgan “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida qishloqlarda subloyihalarni amalga oshirish monitoringi bo‘yicha qishloq fasilitatorlari va muhandislari salohiyatlarini oshirishga qaratilgan maxsus o‘quv tadbirlari o‘tkazildi.
Loyihaning ko‘makchi hamkor tashkiloti (Bolgariyaning “CEED”, va O‘zbekistonning “Rhythm Plus”) mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan mazkur treninglar “Mahallani rivojlantirish rejalari” bajarilishini monitoring va nazorat qilishning nazariy jihatlarini, shuningdek, amaliy mashg‘ulotlarni, jumladan loyiha maydonchalari va loyihalashtirilgan obyektlarga tashrifni o‘z ichiga oldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-noyabrdagi PQ-4898-son qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Namangan, Andijon, Farg‘ona, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining 21 tumanidagi 306 ta qishloq qamrab olingan bo‘lib, ularda umumiy qiymati 164 million AQSH dollari bo‘lgan 687 ta subloyiha amalga oshiriladi.