Yangiliklar

news image

Markaziy Osiyoda jamiyatlarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik hamda tajriba almashish muhokama qilindi

Markaziy Osiyoda “Jamiyatga asoslangan rivojlanish” loyihalari (JAR) konferensiyasining uchinchi kuni asosiy sessiyalar va mintaqada hamkorlikni mustahkamlashga hamda kelgusidagi strategiyalarni belgilashga qaratilgan muhokamalar bilan o‘tdi.

Unda “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi xodimlari ishtirok etishdi. Dastlab ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha Jahon Bankining katta mutaxassisi Luiza Nora o‘tgan kungi mashg‘ulotlarni qisqacha tahlil qilib o‘tdi. Keyin “Kelajak sari qarash: CDD platformasi mahalliy rivojlanishni tezlashtirishga xizmat qiladigan imkoniyatlar” deb nomlangan sessiya o‘tkazildi. Ushbu sessiyada Jahon banki jamoasi MO JAR platformasini ishga tushirish g‘oyasini taqdim etib, ishtirokchilar o‘rtasida mahalliy rivojlanishni tezlashtirish uchun mavjud kamchiliklar va istiqbollar to‘g‘risida qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Keyingi guruhli sessiyalarda qatnashchilar mamlakatlar kesimida ikkita asosiy yo‘nalish bo‘yicha muhokamalar olib borish uchun milliy loyihalarni mahalliy rivojlanish ehtiyojlariga moslashtirish va MO JAR platformasi orqali davomiy aloqalarni qo‘llab-quvvatlash strategiyalarini o‘rganishdan iborat kichik guruhlarga bo‘lindi. Ushbu interaktiv muhokamalarni ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha katta mutaxassislar Kristofer Finch va Saymon Sottsas olib bordilar.

Shundan so‘ng jamoalar yig‘ilib, o‘z xulosalarini taqdim etishdi va keyingi yilda MO JAR hamjamiyatga foyda keltirishi mumkin bo‘lgan tashabbuslar haqida gaplashishdi. Sessiya yakunida tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirilib, bu kabi tadbirlar JAR loyihalari yo‘nalishida yanada hamkorlikni kuchaytirish uchun asos yaratishi ta’kidlandi.

Mazkur sessiyalarning alohida diqqatga sazovor nuqtasi hamkorlik va bilim almashish bo‘ldi, bu esa JAR amaliyotlariining tarmog‘ini yanada mustahkamlash imkonini beradi.

extra image extra image extra image extra image extra image extra image extra image extra image extra image extra image
Twit Yuborish