Yangiliklar

news image

Barqaror jamoalarga asoslangan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan konferensiya tashkil qilindi

Jahon Banki tomonidan Tojikiston va Qirg‘izistonda faoliyat yurituvchi loyihalarni amalga oshirish guruhlari uchun Toshkent shahrida tashkil qilingan tajriba almashinuv va hamkorlik bo‘yicha konferensiyaning ikkinchi kunida ishtirokchilar Jamiyat tomonidan boshqariladigan rivojlanish bo‘yicha fikr almashishdi.

Jumladan O‘zbekiston jamoasi “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Shuningdek, Tojikiston delegatsiyasi loyihalarni amalga oshirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish, jamoa safarbarligida AKTning ahamiyati, Qirg‘iziston delegatsiyasi esa iqlim o‘zgarishi sharoitida barqaror jamoa loyihalarini amalga oshirish kabi masalalarda o‘z tajribalari bilan bo‘lishishdi.

Kun tartibidan hududlardagi ehtiyojmand aholi qatlamlari uchun daromad manbalarini oshirish, gender tengligini ta’minlash kabi mavzular o‘rin oldi. Jamoalar o‘z taqdimotlari davomida qolgan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berishdi.

extra image extra image extra image extra image extra image extra image extra image extra image extra image extra image
Twit Yuborish