Yangiliklar

news image

“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida qurilgan obyektlarga tajriba almashinish tashrifi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Jahon banki Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi amalga oshirib kelinmoqda.

Mazkur loyiha doirasida qurib foydalanishga topshirilgan obyektlar bilan tanishish, jamoa safarbarligi yo‘nalishida O‘zbekiston tajribasini o‘rganish maqsadida Jahon bankining Tojikiston va Qirg‘izistondagi loyihalarini amalga oshirish guruhlaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi boshlandi.

Qo‘shni davlatlardan kelgan mutaxassislar dastlabki kunda Sirdaryo viloyatining Xovos tumani “Obod turmush” MFYdagi 32-sonli maktab, Boyovut tumani “Muqumiy” MFYdagi 18-sonli MTT va “Boboyurt” MFYdagi 12-sonli MTTlarda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishishdi.

Uchrashuvlarda mahalliy aholi faol ishtiroki asosida loyihani shakllantirish olish, talab va ehtiyojlarni inobatga olgan holda ularni saralab olish hamda qurilish jarayoni nazoratida faol ishtirok etish kabi masalalar yuzasida delegatsiya a’zolari o‘zaro savol-javoblar o‘tkazishdi.

Shuningdek, qurilgan ijtimoiy soha obyektlari qishloq aholisining turmush tarziga qanday ta’sir ko‘rsatgani, obyektlardan maqsadli foydalanish bo‘yicha tajriba almashinish jarayoni ham mehmonlarda qiziqish uyg‘otdi.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, har bir obyektda mahalliy aholi yuqori mehmondo‘stlik va ko‘tarinki kayfiyatda mehmonlarni qarshi olishdi.

extra image extra image extra image extra image extra image extra image extra image extra image extra image extra image
Twit Yuborish