Yangiliklar

news image

Andijonda elektrlashtirish bo‘yicha subloyihalar davom etmoqda

Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida elektr ta’minotini yaxshilash yuzasidan ishlar amalga oshirilmoqda.  

Jami 12 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiluvchi “Chorbog‘”, “Sanoat”, “Qayir”, “Qo‘rg‘oncha” va “Guldiyor” MFYda mazkur yo‘nalishdagi ishlar “Elektr suv loyiha” MChJ tomonidan bajarib kelinmoqda. Ayni vaqtgacha pudratchi tomonidan ko‘chalarda to‘siqlar o‘rnatilib, o‘z-o‘zidan qo‘llab-quvvatlanadigan izolyatsiyalangan simlarni tortish ishlari olib borildi. Shuningdek, 1 dona 160 kVA, 2 dona 250 kVA va 5 dona 400 kVA kuchlanishdagi transformator podstansiyasi keltirildi.

Qurilish montaj ishlari belgilangan jadval asosida olib borilmoqda hamda oktabr oyigacha ularning hajmi  38 foizni yoki 2 194 340 504 so‘mni tashkil qiladi. 

extra image extra image extra image extra image extra image
Twit Yuborish