Yangiliklar

news image

“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida qurilgan navbatdagi obyekt foydalanishga topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-noyabrdagi “Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4898-son qaroriga muvofiq, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida qator ijtimoiy soha hamda infratuzilma obyektlari qurilishi davom etmoqda.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi tomonidan amalga oshirilayotgan “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Namangan viloyatida yana bir inshoot aholi uchun foydalanishga topshirildi.

Chust  tumani “Og‘asaroy” MFYda joylashgan 28-sonli maktab yangi binosi qurilishi yangi o‘quv yilida qishloq aholisi uchun quvonchli hodisa bo‘ldi. Mahalliy aholi, tuman hokimligi ochilish marosimini tantanaviy tarzda tashkil etib, loyiha tashabbuskori bo‘lgan BLAOG jamoasiga va Jahon banki vakillariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

extra image extra image extra image extra image extra image extra image
Twit Yuborish