2024-2025-o‘quv yili arafasida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarining olis qishloq hududlarida 8 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari qurilib foydalanishga topshirildi.
Makzur ta’lim muassasalarida jami 6 033 nafar 1-11-sinf o‘quvchilari bilim olishadi.
Ayniqsa, ushbu maktablarning 1-sinfiga qabul qilingan 640 nafar o‘quvchilar yangi o‘quv xonalarida o‘qishdan mamnun.