Yangiliklar

news image

“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Jahon Banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhining bosh ofisida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi vakillari bilan uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuv avvalida loyihaning Jahon bankidan yangi tayinlangan menejeri Simon Sottsas bilan tanishildi.

Ijtimoiy soha hamda infratuzilma obyektlarini qurish va ta’mirlashdan iborat bo‘lgan “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi jami 5 ta viloyatning (Farg‘ona, Andijon, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida) 21 ta tumanidagi 306 ta qishloqlarni o‘z ichiga qamrab olgan.

Bugungi kunda, 265 ta obyekt (27 ta maktab, 13 ta bog‘cha, 3 ta tibbiyot muassasasi, 88 ta yo‘l obyekti, 6 ta ko‘prik, ichimlik suv tarmog‘ini yaxshilash bo‘yicha 88 ta subloyiha, 1 ta drenaj obyekti va elektr ta’minot tizimi bo‘yicha 39 ta subloyiha ta’mirlanib) foydalanishga topshirildi. Hozirgi vaqtda jami 160 ta obyektlarda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda, 5 ta obyektning pudrat tenderlari yakunlanmoqda.

Uchrashuv davomida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar, muammolarni bartaraf etishda XMI mutaxassislari va BLAOG xodimlarining tajribasidan foydalanish muhokama qilindi.

Shuningdek, “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi 2-bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish, loyihaoldi hujjatlarni tayyorlash kabi masalalar ham kun tartibidan o‘rin oldi.

extra image extra image extra image
Twit Yuborish