“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi hozirgi kunda Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarining 117 ta qishloqlarida amalga oshirilmoqda. Uning 2-bosqichi doirasida loyihaning ko‘makchi hamkor tashkiloti (“CEED” va “Rhytm Plus”) mutaxassislari tomonidan birinchi ijtimoiy audit tadbirlari boshlanmoqda.
Namangan viloyatining Pop tumanidagi “Marg‘izor” va “O‘rta Marg‘izor” mahallalarida qishloq fasilitatorlari Bahodir Sultonov, Nargiza Yandasheva va muhandisi G‘ayratjon Abidovlar tomonidan Mahalla taraqqiyot guruhi (MTG) va Jamoa monitoringi guruhi a’zolari uchun institutsional salohiyatini oshirishga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
Tadbirda MTG Jamoa monitoringi vazifalari, kelajakda amalga oshiradigan ishlar tushuntirilib, har bir ko‘chalar kesimida aholi o‘rtasida ijtimoiy auditni o‘tkazish jadvali ishlab chiqildi.
Shunigdek, ijtimoiy auditni yuqori saviyada puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda o‘tkazilishini ta’minlashga kelishib olindi.