Joriy yilning 20-iyunidan 3-iyuligacha Pekin shahrida Xitoy tijorat vazirligi tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlar vakillari uchun chekka hududlarda energiya va atrof muhit mavzulariga bag‘ishlangan seminarlar bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasining monitoring va baholash bo‘yicha mutaxassisi Maqsud Lutfullayev qatnashmoqda.
Malayziya, Kuba, Janubiy Afrika kabi davlatlardan taklif etilgan 28 nafar ishtirokchilar Xitoy qishloq xo‘jaligi universitetida xitoylik mutaxassislardan qishloq xo‘jaligida zamonaviy yechimlarni qo‘llash, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni keng qo‘llash, havo ifloslanishining ta’sirini kamaytirish kabi bilimlarni oladilar.
Seminar mashg‘ulotlari ma’ruzalar, madaniyatlar bo‘yicha fikr almashinish, qishloq xo‘jaligi obyektlariga tashriflarni o‘z ichiga oladi.