Yangiliklar

news image

Namangan viloyatida loyihada ayollar ishtirokini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi tomonidan amalga oshirilayotgan “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasining (QIRL) jamoa safarbarligi hamda ijtimoiy himoya bo‘yicha mutaxassislari tomonidan Namangan viloyati tumanlaridagi qishloq aholisi uchun seminarlar o‘tkazilmoqda.

Ushbu yig‘ilishlarda QIRLning uzluksizligini ta’minlash va QIRL-2 loyihasiga tayyorgarlikni tezlashtirish maqsadida ayollarning iqtisodiy integratsiyasini kengaytirish, xabardorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 19-28-iyun kunlari Namangan viloyatining Pop tumanidagi “Imon ota” va Mingbuloq tumanidagi “Uyurchi Damkul” tajriba-sinov (pilot) mahallalarida qishloq ayollari ishtirokida turli iqtisodiy-ijtimoiy tahlillar o‘tkaziladi. Kelgusida bir nechta shu kabi tahlillar qishloq ayollari ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularning xulosalari asosida “Ayollarning iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashish rejasi” ishlab chiqiladi.

extra image extra image extra image extra image
Twit Yuborish