“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhining xodimlari Yaponiya hukumati Ijtimoiy rivojlanish fondi (JSDF) granti hisobidan moliyalashtirilgan seminarda ishtirok etishdi.
Mazkur seminar tadbirkorlik turlari hamda uning moliyaviy omillari bo‘yicha ishtirokchilar bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan.
Trening davomida Jahon banki tomonidan taklif etilgan xorijiy ekspert Arup Hush Dastidar qishloq joylarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bilimlari bilan bo‘lishdi.
Uchrashuvlar yakunida mutaxassis biznes-go‘yalar va ularni amaliyotga joriy etilishi bo‘yicha o‘z tajribalaridan kelib tavsiyalar berdi.