Shikoyatlarni ko'rib chiqish mexanizmi- loyihani amalga oshirish davomida salbiy ta'sirga uchragan jamoatchilik yoki alohida shaxslarning loyihaga taalluqli barcha shikoyatlarini qabul qilish, ko'rib chiqish va ularga javob berish bo’yicha chora-tadbirlar to'plamidir. Ushbu salbiy oqibatlarga majburiy ko'chirish, qurilish bilan bog'liq muammolar, ekologik va ijtimoiy ta'sirlar, mehnat qonunchiligining buzilishi va boshqa ta'sirlarni kiritish mumkin. Savollar yoki takliflar quyidagi kanallar orqali yuborilishi mumkin: - http://ridp.uz/uz/feedback/ veb-saytida joylashgan formalarni to'ldirib - ishonch telefoniga qo'ng'iroq qilib: (71) 232-63-32 - elektron pochta orqali ridp@mineconomy.uz - QIRL ofisi: Toshkent shahri, Islom Karimov ko'chasi, 45A - qishloq, tuman va viloyat darajalarida o'rnatiladigan shikoyatlar qutilariga yozma xat qoldirib. - Mahalla fuqarolar yig'ini, tuman hokimliklari, viloyat hokimliklari, loyiha ko'makchilari, loyihani amalga oshirish guruhi yoki ko'mak beruvchi NNT xodimlariga murojaat qilib. Bundan tashqari, Loyihani amalga oshirishda majburiy mehnat yoki bolalar mehnati yuzaga kelsa, bunday holat haqida ma'lumot berish uchun milliy mexanizm xam mavjud.