Yangiliklar

news image

“Qishloq taraqqiyot rejasi” mukomasiga bag‘ishlangan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda

Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasining 2-bosqichi doirasida Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida ko‘makdosh hamkor tashkilotlari (“CEED” va “Rhythm Plus”) bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda hududlardagi qishloq fasilitatorlari, muhandislar hamda MFY huzurida tashkil etilgan mahalla taraqqiyot guruhlari a’zolari ishtirok etib, tumandagi 6 ta mahallada dastlabki safarbarlik ishlari yakunlanganligi va “Qishloq taraqqiyot rejasi”ni (QTR) Tuman loyiha qo‘mitasi (TLQ) ishtirokida ko‘rib chiqish va tasdiqlash muhokama qilindi.

Yig‘ilishda TLQ raisi, Yozyovon tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Akramjon Eraliyev hamda TLQ boshqa a’zolari, mahalla raislari, MTG raisi va a’zolari ishtirok etdilar.

Shuningdek, uchrashuvda har bir mahallada amalga oshirilgan safarbarlik ishlar va o‘rganishlar yuzasidan taqdimotlar namoyish etildi.

extra image extra image extra image
Twit Yuborish