Joriy yilning 20-24 may kunlari “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Namangan viloyatining 5 ta tumanidagi 67 ta MFYda joriy subloyihalarni amalga oshirishlishi yuzasidan monitoring olib borilmoqda.
Unda BLAOG bosh muhandisi Shokirjon Ibragimov rahbarligida jamoaning texnik nazorat boʻyicha boshqa mutaxassislari hamda loyiha ko‘makdosh hamkor tashkilotining (“CEED/Rhythm Plus”) qishloq muhandislari qatnashdi.
Mutaxassislar qurilish obektlariga tashrif chog‘ida loyiha-smeta hujjatlari, pudratchilar tomonidan qurilish me’yorlari va qoidalariga rioya etishi, obyektlarda xavfsizlik choralarini ta’minlash, qurilish ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlarni batafsil o‘rganib chiqishmoqda.
Monitoring xulosasiga ko‘ra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan zarur ko‘rsatmalar va tavsiyalar berilmoqda.