Yangiliklar

news image

Paxtaobod tumani mahallalarida “Qishloq taraqqiyot rejasi”ni tuzish bo‘yicha uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi 2-bosqichiga tayyorgarlik doirasida Andijon viloyatining Paxtaobod tumanidagi “Yangiobod” MFYda  qishloq fasilitatori Shuhrat Kenjayev, qishloq muhandisi Ibrohim Ergashev, MTG raisi, o‘rinbosari, hamda Yoshlar quyi qo‘mitasi a’zolari, shuningdek,  mahalla aholisi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda yig‘ilganlar mahallada o‘tkazilgan jamoa safarbarligi ishlari yakuni sifatida “Qishloq taraqqiyot rejasi” tuzishni muhokama qildilar. Uchrashuvda ishtirokchilar 6 guruhga ajralgan holda qatnashishdi va har bir guruhdan vakillar loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar, to‘plangan maʼlumotlarga asosan yaratilgan tahlillar bo‘yicha xulosalarini bildirdilar.

Uchrashuv davomida yig‘ilganlar ko‘chalar kesimida guruhlarga ajratilib, fikr almashish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ushbu g‘oyalar asosida istiqbol rejasini ifodalovchi ta’kid tuzib, keltirilgan fikrlar asosida “Qishloq taraqqiyot rejalari” tuzildi. Shuningdek, mahalla jamoatchilik monitoring guruhi ham tashkil qilindi.

extra image extra image extra image extra image
Twit Yuborish