“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasining 2-bosqichini amalga oshirish doirasida Namangan viloyati Pop tumanidagi “Xo‘jaobod" mahallasida qishloq fasilitatorlari Bahodir Sultonov, Nargiza Yandasheva va muhandisi G‘ayratjon Abidovlar MTG raisi va uning o‘rinbosari, Yoshlar quyi qo‘mitasi a’zolari bilan mahalla aholisi ishtirokida jamoa safarbarligi ishlari yakuni sifatida Qishloq taraqqiyot rejasini tuzish bo’yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ishtirokchilar 6 guruhga ajralgan holda qatnashishdi va har bir guruhdan vakillar loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar, to‘plangan maʼlumotlarga asosan yaratilgan tahlillar bo‘yicha xulosalarini bildirdilar.
So‘ngra ishtirokchilar ko‘chalar kesimida guruhlarga ajratilib, fikr almashish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ushbu g‘oyalar asosida istiqbol rejasini ifodalovchi ta’kid tuzib, keltirilgan fikrlar asosida Qishloq taraqqiyot rejalari tuzildi. Shuningdek, mahalla jamoatchilik monitoring guruhi tuzildi.
Uchrashuv yakunida qatnashchilar yig‘ilishning manfaatli o‘tganini hamda dolzarb masalalar tanlanganligini tasdiqladilar.