Yangiliklar

news image

QIRL: umumiy o‘rta ta’lim maktablari qurilish-ta’mirlash ishlariga nazar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhining “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish loyihasi doirasida respublikaning 5 ta viloyatida (Andijon, Farg‘ona, Namangan, Sirdaryo va Jizzax) infratuzilma va ijtimoiy soha obyektlarini me’moriy qiyofasini tubdan yangilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yo‘l-transport infratuzilmasi, toza ichimlik suvi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini qurish va ta’mirlash natijasida 306 ta qishloqda istiqomat qilayotgan aholiga qulay turmush sharoitlari va yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda.

Bugungi kunda loyiha doirasida 430 ta obyekt qishloq aholisi tomonidan tanlangan va ushbu obyektlarda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Shundan, jami qiymati 175,1 mlrd so‘mlik qariyb 10 ming nafar o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan 53 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarini ta’mirlash va yangidan barpo etish ishlari (Andijonda – 3 ta, Farg‘onada – 6 ta, Namanganda – 25 ta, Sirdaryoda – 15 ta va Jizzaxda – 4 ta) kiritilgan bo‘lib, 25 ta ta’lim obyekti aholi uchun qurib foydalanishga topshirilgan hamda 28 ta maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish loyihasidagi mazkur obyektlar qurilishi natijasida Sirdaryo viloyatining Boyovut, Xovos, Jizzax viloyatining Baxmal va Zomin, Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on, Pop, Chust, Farg‘ona viloyatining So‘x, Yozyovon tumanlarida istiqomat qiluvchi aholining zamonaviy umumta’lim muassasalariga bo‘lgan ehtiyoji qondirilmoqda.

extra image extra image extra image extra image extra image
Twit Yuborish