Yangiliklar

news image

Ikkinchi bosqichni aniqlash va loyihani amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash bo'yicha missiya davom etmoqda

Joriy yilning 22-aprel kuni "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik ko'rish va qo'llab-quvvatlash missiyasi doirasida navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Jahon bankining katta mutaxassisi Robert Vrubel, Jahon bankining ijtimoiy rivojlanish bo'yicha mutaxassisi Rano Tlepova, BLAOG direktori vazifasini bajaruvchi Bahodir To'rayev, safarbarlik bo'yicha mutaxassis Munojat Muradova va boshqalar ishtirok etdi. 

Konstruktiv muloqot davomida mutaxassislar Andijon va Namangan viloyatlariga tashrifning muhim jihatlarini, shuningdek, QIRL loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi bo'lajak vazifalarni muhokama qildilar.

23-aprel kuni Jahon bankining Toshkent ofisida safarbarlik, atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha xodimlar va boshqalar jahon bankining ekologik va ijtimoiy himoya bo'yicha yangi siyosati bilan tanishish uchun yig'ildilar.  Kunning ikkinchi yarmida CEED konsalting kompaniyasi vakillari bilan Zoom uchrashuvi bo'lib o'tdi, unda muhandislik qismidagi yangilanishlar ko'rib chiqildi.

extra image extra image extra image extra image
Twit Yuborish