Yangiliklar

news image

Andijon va Namangan viloyatlarida aholi bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi

Joriy yilning 18-aprel kuni Andijon viloyatida "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasi doirasida missiya davom ettirildi. Kunning birinchi yarmida BLAOG (Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi), Jahon banki va boshqa konsalting kompaniyalari mutaxassislari Buloqboshi tumanidagi "Yerboshi" mahallasiga tashrif buyurishdi, u yerda "Ichki yo'llarni asfaltlash" subloyihasi tanlandi. Ikkinchi subloyiha sifatida hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan "Elektr ta'minotini yaxshilash" subloyihasi tanlangan. Missiya ishtirokchilari mahalliy aholi bilan uchrashib, loyiha doirasida bajarilgan ishlar haqidagi fikrlarini o'rganishdi.

19-aprel kuni ish safari yakunida 1-faza uchun tanlab olingan Namangan viloyati Chust tumani “Og’asaroy” MFYga tashrif buyurishdi. Bu 1-fazadagi qishloq bo‘lib u yerda QTR “Qishloq taraqqiyot rejasi” jarayonida 28-maktabga “Qo‘shimcha bino qurish” subloyihasi tanlab olingan. Tashrif davomida qishloq aholisi bilan o‘tkazilgan jamoa safarbarligi ishlari, loyiha to‘g‘risidagi ularning fikri va takliflari bilan tanishildi. Shundan so‘ng qurilish jarayonlari ham kuzdan kechirildi.

Kunning ikkinchi yarmida 2-faza uchun tanlab olingan Namangan viloyati Pop tumani “Vodiy” MFYga tashrif amalga oshirildi. Bu yerda Qishloq taraqqiyot rejasini  tayyorlash jarayoni bo‘lib o‘tdi. Qishloq aholisi o‘tkazilgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy tahlillarni muhokama qilib xar bir tahlil bo‘yicha xulosalar  yasadilar. Tadbir davomida mana shu xulosalar asosida Qishloq taraqqiyot rejasi ishlab chiqildi.

extra image extra image extra image extra image
Twit Yuborish