Yangiliklar

news image

"Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasi doirasida Jahon bankining missiyasi davom etmoqda

    Joriy yilning 16-aprel kuni Jahon banki vakillari, BLAOG (Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi) mutaxassislari va hamkor tashkilotlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda Jahon bankining katta mutaxassisi Robert Vrubel, Jahon bankining ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha mutaxassisi Ra’no Tlepova, BLAOG director v.v.b  Bahodir To‘rayev, safarbarlik bo‘yicha mutaxassis Munojat Murodova va boshqa mutaxassislar ishtirok etdi. Uchrashuvning asosiy mavzusi ko‘makchi tashkilotlar bilan birga mahallalarda amalga oshirilgan safarbarlik ishlari bilan tanishish edi.

    17-aprel kuni missiya o‘z ishini Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa va Yozyovon tumanlarida davom ettirdi. Safarbarlik, atrof-muhitni muhofaza qilish, davlat xaridlari bo‘yicha mutaxassislar va muhandislar JB vakillari bilan birgalikda QIRL doirasida amalga oshirilgan subloyihalar bilan tanishdilar.

    Shuningdek, missiya ishtirokchilari "Qayrag‘och" mahallasida mahalliy aholi bilan uchrashib, safarbarlik va qurilish jarayoni masalalarini ko‘rib chiqdilar. "Suvli ariq" mahallasida missiya ishtirokchilari ta’lim tahlili, maktab o‘quvchilarining bilim olish yo‘lidagi qiyinchiliklar sabablari bilan tanishdilar, ushbu qishloq QIRL 2-bosqichi doirasida subloyihalarni amalga oshirish uchun tanlab olingan.

extra image extra image extra image extra image extra image
Twit Yuborish