Yangiliklar

news image

Jahon bankining navbatdagi Missiyasining birinchi kuni bo'lib o'tdi

Joriy yilning 15-aprel kuni Jahon banki vakillari va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi o'rtasida loyihaning ikkinchi bosqichiga tayyorgarlik ko'rish va loyihani amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash missiyasi doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Jahon bankining katta mutaxassisi Rob Vrubel, Jahon bankining ijtimoiy rivojlanish bo'yicha mutaxassisi Rano Tlepova va BLAOG (Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi) mutaxassislari ishtirok etdi.

Konstruktiv muloqot davomida loyihaning joriy amalga oshirilishi, amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni hal etish, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashning ustuvor yo'nalishlari, ayollar va zaif guruhlarga alohida e'tibor qaratish, shuningdek, QIRL 2 loyihasi masalalari har tomonlama muhokama qilindi

extra image extra image extra image extra image
Twit Yuborish