Yangiliklar

news image

Loyihalash va qurilish ishlari sifati ustidan texnik nazorat

Namangan shahrida Farg'ona vodiysi QIRL hududlararo idora ochilganidan beri LAOG texnik nazorat bo'yicha va atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha mutaxassislar muntazam ravishda yig'ilishlar o'tkazmoqdalar. Maqsadimiz kelajakdagi qishloq infratuzilmasini loyihalashtirish va qurishda energiya samaradorligini oshirish, ijtimoiy va ekologik kafolatlar va atrof-muhitni muhofaza qilish talablarini takomillashtirish bo'yicha innovatsion yechimlarni joriy qilish bilan loyihaning infratuzilma qismini amalga oshirishning samarali yondashuvlari va mexanizmlarini birgalikda rejalashtirish. QIRL muhandis-texnik xodimlari loyihalash va qurilish ishlari sifati ustidan texnik nazoratni yaxshilashga qaratilgan infratuzilmani loyihalash bo'yicha ko'rsatmalar ishlab chiqmoqdalar. Shu bilan birga, joriy yilning fevral oyida Paxtaobod viloyatining Soxil MFYda taklif etilayotgan subloyihani loyihalashtirishga tayyorgarlik ko'rish jarayonini o'rganish maqsadida LAOG mutaxassislarining Andijon viloyatiga xizmat safari bo'lib o'tdi. Paxtaobod tumani hokimining qurilish ishlari bo'yicha o'rinbosari, tuman xalq ta'limi bo'limi vakillari, QIRL atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha mutaxassisi, Soxil maxalasi aholisi bilan birgalilkda uchrashuv bo’lib o’tdi. Qatnashchilar kelajakdagi maktabning aholi punkti va yaqin atrofdagi mahallalardagi potentsial o'quvchilar soniga qarab hisob-kitoblarini muhokama qildilar. Undan tashqari, qurilish sektori va mahallala taraqqiyot guruhlari vakillarining salohiyatini oshirish uchun texnik auditni o'tkazish metodikasi va bir qator seminar-treninglar ishlab chiqilmoqda.

extra image extra image
Twit Yuborish