Joriy yilning 27-mart kuni, gender tengligi sohasidagi siyosatni takomillashtirish bo‘yicha Markaziy Osiyo onlayn-forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Jahon banki tomonidan O‘zbekiston Oila va xotin-qizlar masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.Tadbir ishtirokchilari o‘z mamlakatlaridagi davlat organlari va parlamentlar tomonidan turli sohalarda gender tengligiga erishish bo‘yicha amalga oshirilayotgan siyosat, qonunchilik va institutsional chora-tadbirlarni muhokama qildilar.
Xususan, 2020-yildan buyon Jahon banki va Osiyo infratuzilma investitsiya banki tomonidan moliyalashtirilayotgan va mamlakatning beshta viloyatidagi chekka qishloqlarni qamrab olgan "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishda ayollar ishtiroki tajribasi, jamoa safarbarligi bo‘yicha mutaxassis Munojotxon Muradova tomonidan taqdim etildi.
Loyiha doirasida qishloq aholisi faollaridan tashkil topgan mahalla taraqqiyot guruhi a’zolari qishloq taraqqiyot rejasida qabul qilgan qarorlari orqali subloyihalar amalga oshiriladi va ularning amalga oshirilish jarayonlari ushbu guruh a’zolari tomonidan nazorat qilib boriladi. Aytib o‘tish joizki, guruh a’zolarining 50% ayollar tashkil etadi.
O‘tkazilgan ijtimoiy audit natijalari shuni ko‘rsatdiki ayollarning deyarli barchasi tanlangan subloyihalar ularning ehtiyojlarini aks etgan, bundan xulosa qilib aytganda qarorlar qabul qilishda ayollarning o‘rni muhim rol o‘ynagan va o‘z samarasini ko‘rsatgan.
Loyiha doirasida o‘tkazilgan barcha tadbirlar asosida yaratilgan platformalar kelgusida ayollarning iqtisodiy faolligini oshirishda asos bo‘lib xizmat qilishi mumkinligi ushbu tadbirda e’tirof etildi.