Yangiliklar

news image

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari Akmal Burxanov "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish"loyihasi doirasida Farg'ona viloyatiga tashrif buyurdi

Joriy yilning 14-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi direktori Zafar Urakov boshchiligida BLAOG xodimlarining Farg‘ona viloyatidagi obyektlarga tashrifi bo'lib o'tdi.

Xizmat safari "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasi bilan tanishish bilan boshlandi hamda loyiha haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Vakillar Qo‘shtepa tumanidagi “Qayrag‘och” va “Balandmasjid” mahallalariga tashrif buyurishdi. 2515 nafar aholisi bo‘lgan “Qayrag‘och” mahallasida 3,5 mlrd so‘mga yaqin “Ichimlik suvi bilan ta’minlash” subloyihasi amalga oshirildi. 5 740 nafar aholi istiqomat qiladigan “Balandmasjid” mahallasida 5,4 mlrd so‘mlik “Ichki yo‘llarni asfaltlash” subloyihasi bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Farg‘ona viloyati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili

Farg‘ona viloyatining 28 ta qishloqlarida loyiha doirasida jami 58 ta obyektdan:

-158,4 mlrd so‘m qiymatida loyihalash va qurilish-pudrat shartnomalari imzolangan;

-99,8 mlrd so‘m qiymatida loyihalash va qurilish-pudrat ishlari bajarilgan;

-96,1 mlrd so‘m qiymatida loyihalash va qurilish-pudrat ishlari moliyalashtirilgan;

-26 ta obyektda qurilish ishlari yakunlangan;

-3 ta obyektda qurilish ishlari davom etmoqda;

-29 ta obyektdan 27 tasida pudrat tenderlari yakunlanib, pudrat tashkilotlar bilan shartnomalar imzolangan va qurilish-pudrat ishlariga start berilgan. 2 ta obyektda tender jarayonlari yakunlanmoqda;

-17 ta toza ichimlik suvi, 17 ta ichki ko‘chalarni ta’mirlash, 16 ta elektr ta’minoti tizimini yaxshilash, 1 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 6 ta o‘rta ta’lim maktabi, 1 ta ko‘prik qurilishi subloyihalari yuzasidan loyihalash ishlari yakunlanib, pudrat ishlari amalga oshirilmoqda.

Farg‘ona viloyatining qolgan 29 ta qishloqlarida jamoat safarbarligi ishlari olib borilmoqda.

 

Twit Yuborish