Yangiliklar

news image

Namanganda "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasi doirasida ishlar davom etmoqda

        "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasi doirasida Namangan viloyatida ishlar davom etmoqda. Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida, "Tupsada" mahallasida 120 nafar tarbiyalanuvchiga mo‘ljallangan 32-son bolalar bog‘chasining qo‘shimcha binosi qurilishi davom etmoqda. Hozirgi vaqtda qurilish ishlari 70 foizga "Texno qurilish 889" MCHJ tomonidan yakunlangan.

          Chust tumanidagi "Og‘asaroy" mahallasida 210 o‘quvchiga mo‘ljallangan 28-maktabga qo‘shimcha bino qurilishi ham davom etmoqda. Qurilish ishlari "Ozod" MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

         Shuningdek, Pop tumani "Pillakash" mahallasida "Do‘stlik" MCHJ korxonasi tomonidan "Ichki yo‘llarni asfaltlash" subloyihasi va 64 - maktabning ma’naviyat va ma’rifat zalini ta’mirlash ishlari "Sharq"MCHJ xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

extra image extra image extra image extra image
Twit Yuborish