Yangiliklar

news image

Marxamat tumanidagi "Oybek" va "Uzumzor" mahallalarida yo'llar asfaltlandi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi hamda Jahon banki xodimlarining Andijon viloyatiga tashrifi bo'lib o'tdi. Tashrifning maqsadi "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish"loyihasi doirasida amalga oshirilgan subloyihalar bilan tanishish edi. Mutaxassislar Marxamat tumanidagi "Uzumzor" va "Oybek"mahallalariga asfaltlangan yo'llarni ko'zdan kechirdilar. Yo'llarning uzunligi "Uzumzor" mahallasida 7 524 km (qiymati 2,6 mlrd.so'm), "Oybek" mahallasida 12 670 km (qiymati 4,3 mlrd. so'm) ni tashkil etadi.   

Tashrif yakunida mahalliy aholi loyiha haqida samimiy minnatdorchilik va samimiy taassurotlarini bildirdi.

extra image extra image extra image extra image
Twit Yuborish