Yangiliklar

news image

Yangiboʻston mahallasida maktab sportzali ishga tushdi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi hamda Jahon banki xodimlarining Farg'ona viloyatiga tashrifi bo'lib o'tdi. Tashrifning maqsadi "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish"loyihasi doirasida amalga oshirilgan subloyihalar bilan tanishish edi. Mutaxassislar Yozyovon tumanidagi "Yangiboʻston" mahallasida joylashgan 33-umumta'lim maktabi uchun qurilgan yangi sport zaliga tashrif buyurishdi. 9x18 metrli yopiq sport zali kiyinish va yuvinish xonalarini o'z ichiga oladi. Subloyihaning qiymati 1 160 000 000 so'mni tashkil etadi. 

Uchrashuv yakunida mahalliy aholi, maktab xodimlari, ota-onalar samimiy minnatdorchilik va iliq taassurotlarini izhor etdilar.

extra image extra image extra image extra image
Twit Yuborish