Bugun Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi va Jahon banki xodimlari Namangan viloyatiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan maqsad "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish loyihasi" doirasida amalga oshirilayotgan subloyihalar bilan tanishishdan iborat edi. Mutaxassislar Namangan viloyati Pop tumani "Madaniyat" mahallasida joylashgan 49-sonli maktabgacha ta'lim muassasasiga tashrif buyurishdi. Bolalar bog'chasi binosi aholi orasida ovoz berish yo'li bilan tanlangan va 80 o'ringa mo'ljallangan. Subloyihaning qiymati 4 261 000 000 so'm.
Tashrif davomida mahalliy aholi va maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari yangi bolalar bog'chasining qurib bitkazilishi munosabati bilan Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi va Jahon banki xodimlariga samimiy minnatdorlik bildirib, iliq taassurotlari bilan bo'lishishdi.