Yangiliklar

news image

Xorijiy konsalting kompaniyasi bilan missiya yakunlari muhokama qilindi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhining bosh ofisida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha Bolgariyaning CEED konsalting kompaniyasi loyiha menejeri Kamelia Kaloyaova, texnik salohiyatni oshirish bo‘yicha mutaxassisi Galin Vasilev,  Rhytm Plus konsalting kompaniyasi milliy koordinatori Dilshod Rasulov hamda Jahon banki vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda CEED mutaxassislarining Farg‘ona va Andijon viloyatlariga bo‘gan tashriflari natijasida olingan ma’lumotlar muhohama qilindi. Loyihaning ikkinchi bosqichini amalga oshirishda ahamiyat qaratish zarur bo‘lgan jihatlar kelishib olindi.

extra image extra image extra image
Twit Yuborish