Joriy yilning 7-noyabr kuni Jahon bankining Toshkentdagi bosh ofisida "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish"loyihasi xodimlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda Jahon bankining katta mutaxassisi Robert Vrubel, Jahon bankining ijtimoiy rivojlanish bo'yicha mutaxassisi Rano Tlepova, BLAOG direktori (Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi) Zafar Urakov, safarbarlik bo'yicha mutaxassis Munojat Muradova, xaridlar bo'yicha mutaxassis Xurshid Usmonov va boshqa mutaxassislar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida QIRL-2 loyihasini amalga oshirish, texnik nazorat va boshqaruv axborot tizimi masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, loyiha uchun xaridlar masalasi, quruvchilar, konsalting kompaniyalari va donor tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalarga qanday o'zgartirishlar kiritilishi kerakligi muhokama qilindi.