Joriy yilning 16-fevral kuni LAOGning atrof-muhit muhofazasi bo’yicha mutaxassisi va ijtimoiy himoya bo’yicha mutaxassisi birgalikda hududiy atrof-muhit va ijtimoiy himoya mutaxassislari uchun navbatdagi onlayn trening o’tkazishdi. Onlayn trening davomida skrininglar o’tkazish jarayonida zarur shakllarni to’ldirish masalasi va faoliyat davomida kelib chiqishi mumkin bolgan holatlar bo’yicha ma’lumotlar berildi. Hududiy loyiha mutaxassislar tomonidan berilgan savollarga loyihaga oid hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlar va to’plangan tajribalardan kelib chiqib LAOG mutaxassislari tomonidan javob berildi.