6-oktabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Loyihalarni amalga oshirish guruhining bosh ofisida "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirishning taklif etilayotgan ikkinchi loyihasi — aniqlash missiyasi va Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish loyihasi – amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash missiyasi"missiyasi a'zolari bilan yakuniy uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda Jahon bankining katta mutaxassisi Robert Vrubel, Jahon bankining ijtimoiy rivojlanish bo'yicha mutaxassisi Rano Tlepova, moliyaviy menejment bo'yicha katta mutaxassis Tatibekova Nurgul, BLAOG direktori (loyihalarni amalga oshirishning Birlashgan guruhi) Zafar Urakov va boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.
Yakuniy yig'ilishda tomonlar missiya davomida erishilgan samarali natijalarni batafsil muhokama qildilar, "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasining birinchi bosqichi yakunlarini, shuningdek, mazkur loyihaning ikkinchi bosqichi doirasida amalga oshirilishi belgilangan rejalarni ko'rib chiqdilar.