4-oktabr kuni Pop tumani, "Madaniyat" mahallasida "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasi asosida pudratchi qiymati 4 mlrd 200 mln so‘m bo‘lgan 80 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida missiya vakillari, BLAOG xodimlari, tuman xokimi A'zamjon Sultanov va boshqalar ishtirok etdilar. Mahalla aholisi qurilgan MTTdan mamnun bo'lib o'z minnatdorchiligini bildirishdi.