Yangiliklar

news image

Missiya doirasida "Porloq" mahallasida mahalliy aholi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Joriy yilning 3-oktyabr kuni Jahon banki delegatsiyasi va BLAOG xodimlarining Farg'ona viloyatiga “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasining taklif etilayotgan ikkinchi loyihasi — Qishloq infratuzilmasini aniqlash missiyasi va rivojlantirish loyihasi – amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash missiyasi" doirasida tashrifi bo'lib o'tdi.

BLAOG xodimlari va delegatsiya a'zolari Farg'ona viloyati Yozyovon tumanidagi "Porloq" mahallasi aholisi bilan uchrashuv o'tkazdilar. Uchrashuv davomida mahalliy aholining fikri, xususan, "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish"loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ularning takliflari va fikr-mulohazalari o'rganildi.

"Porloq" mahallasida 9,6 km uzunlikdagi "Ichki yo'llarni asfaltlash" subloyihasi amalga oshirildi. Mahalliy aholi loyiha haqida ijobiy fikrlari bilan o'rtoqlashib, o'z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

extra image
Twit Yuborish