Yangiliklar

news image

Missiya doirasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi

29-sentabr kuni jahon banki vakillari bilan "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirishning taklif etilayotgan ikkinchi loyihasi — aniqlash missiyasi va qishloq infratuzilmasini rivojlantirish loyihasi – amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash missiyasi" missiyasi doirasida navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi.


Uchrashuvda Jahon bankining katta mutaxassisi Robert Vrubel, Jahon bankining ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha mutaxassisi Rano Tlepova, BLAOG direktori (Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi) Zafar Urakov, safarbarlik bo‘yicha mutaxassis Munojat Muradova va boshqa mutaxassislar ishtirok etishdi.
Uchrashuvning asosiy mavzusi mavjud muammolarni aniqlash va loyihani amalga oshirish doirasida ularga umumiy yechimlarni topishdan iborat. Shuningdek, mablag'larni o'zlashtirish, ijtimoiy audit o'tkazish tartibi, axborotni boshqarish tizimi shakllari (tizimni yangilash) masalalari ko'rib chiqildi.


Suhbat yakunida tomonlar QIRL-2 loyihasini amalga oshirishni muhokama qildilar va yangi loyiha amalga oshiriladigan hududlarni tahlil qildilar.

extra image
Twit Yuborish