Yangiliklar

news image

Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Jahon bankining navbatdagi "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirishga taklif etilayotgan ikkinchi loyiha — Loyihani aniqlash missiyasi hamda Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish loyihasi – amalga oshirishni qo'llab-quvvatlash missiyasi" missiyasi boshlandi va joriy yilning 6-oktabrigacha davom etadi. Missiyaning asosiy maqsadi birinchi bosqich natijalarini kuzatish, shuningdek loyihaning ikkinchi bosqichiga tayyorgarlik ko'rishdan iborat. Joriy yilning 26-sentabr kuni missiyaning birinchi kunida, Jahon banki vakillari va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi loyihalarni amalga oshirish guruhi xodimlarining uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Jahon bankining katta mutaxassisi Rob Vrubel, Jahon bankining ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha mutaxassisi Rano Tlepova, BLAOG direktori (Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi) Zafar Urakov, safarbarlik bo‘yicha mutaxassis Munojat Muradova va boshqa mutaxassislar ishtirok etishdi.

Konstruktiv muloqot davomida loyihaning joriy holati, amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo֥‘lgan muammolarni hal etish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning ustuvor yo‘nalishlari, ayollar va zaif guruhlarga alohida e’tibor qaratish, shuningdek, QIRL-2 loyihasi yuzasidan masalalar har tomonlama muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar missiya doirasidagi keyingi uchrashuvlarda o'zaro manfaatli hamkorlik shakllarini yanada rivojlantirish bo'yicha fikr almashishni davom ettirishga kelishib oldilar.

Twit Yuborish