Yangiliklar

news image

Jizzax viloyatida mehnat muhofazasi bo'yicha tadbirlari o'tkazildi

Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi  “Oyqor”, “Sangzor”, “Baxmal” MFYlarida "Elektr tizimini yaxshilash" bo’yicha, “Elektr qurilish biznes” MCHJ va “Energo Jizzax Montaj” MChJ ishchi xodimlariga mehnat muhofazasi  bo'yicha tadbirlari o'tkazildi.

Mehnat muhofazasini o'tkazish jarayonida, quruvchi va ishchi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-noyabrdagi  PQ-4898-sonli “Jahon Bankining Xalqaro Taraqqiyot Uyushmasi va Osiyo Infratuzilmaviy Investitsiyalar Banki ishtirokida “Qishloq Infratuzilmasini Rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq subloyihalarni amalga oshirish jarayonida mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, normativ-huquqiy hujjatlar, mehnatni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligini boshqarish, qoida va yo‘riqnomalariga rioya etish, ishchining majburiyatlari, ishlarni og‘irlik va xavflilik darajasi bo‘yicha tasniflanishi, ish vaqti va dam olish rejimi, xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, majburiy va bolalar mehnatidan foydalanmaslik kabi tushunchalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.

Bundan tashqari, qurilish ishlarini olib borishda atrof-muhitni muhofaza qilish, atrof-muhit sohasi bo‘yicha buyruq asosida mas’ul shaxs tayinlash, inson salomatligini saqlash, qurilishda hosil bo‘lgan qattiq chiqindilarni vaqtinchalik saqlash uchun belgilangan joyga joylashtirish va o‘z vaqtida utilizatsiya qilish choralarini ko‘rish, o‘zboshimchalik bilan daraxtlarni kesilishiga yo‘l qo‘ymaslik, qurilish jarayonida hosil bo‘lgan changlarni suv sepib bostirish choralarini ko‘rish lozimligi hamda qonunbuzilishi holatlari aniqlangan hollarda choralar ko‘rilishi to‘g‘risida ham ta’kidlab o‘tildi.

extra image
Twit Yuborish