Joriy yilning 19-sentyabr kuni “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Namangan viloyati Chust tumani “Sarqamish-Mirzaobod", “Xisorak", “Toymas", “Og'asaroy" MFYlarda qishloq fasilitatorlari I.Xasanov, G.Mirzaliyeva va muhandis A.Mashrabovlar tomonidan mahalla aholisi o’rtasida I-Ijtimoiy audit tadbirini o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Ijtimoiy audit va uning maqsadi, mahalla aholisi o’rtasida ijtimoiy auditni o’tkazish va uning mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, mahalla aholisi o`rtasida ijtimoiy auditni o’tkazish jarayonlarida V-MTG a’zolarining vazifalari bo’yicha ma’lumotlar berildi va o’tkaziladigan uchrashuvlar jadvali V-MTG a’zolari bilan birgalikda ishlab chiqildi.