Yangiliklar

news image

Jahon bankining gender tengligiga qaratilgan loyihalari taqdimoti

Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tengligi qo‘mitasi, Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamentining Gender tengligi masalalari bo‘yicha komissiyasi, tegishli vazirlik va idoralar hamda NNTlar vakillari ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda Jahon banki tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan qator loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ularda asosiy e'tibor gender tengligi va qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Taqdimot davomida Jahon Bankining ijtimoiy rivojlanish bo’yicha mutaxassisi Gulrano Tlepova “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida gender tengligi asosiy tamoyil sifatida olinganligi va olis qishloqlardagi ayollarning salohiyatini oshirish bo’yicha ishlar olib borilayotganligini ta’kidlab o’tdi. Xususan, loyiha mahalliy rivojlanishni rejalashtirish va qaror qabul qilishda ayollarning ishtirokini va ta’sirini oshirishga qaratilgan. Loyiha doirasida Mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda Mahalla taraqqiyot guruhlari tashkil etilib, bu guruhlar a’zolarining 50 foizi ayollar bo‘lishi ta’minlanadi. Ushrashuvda Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tengligi qo‘mitasi hamda boshqa ishtirokchilar mavzuga oid kompleks yondashuvni qo’llab-quvvatladilar.

extra image extra image extra image
Twit Yuborish