Joriy yilning 25-avgust kuni Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish loyihasi rahbari Zafar Urakov boshchiligida loyiha muhandislari va texnik nazoratchilar bilan “Zoom” platformasi orqali yigʻilish oʻtkazildi. Uchrashuvda amalga oshirilayotgan qurilish pudrat ishlarida texnik auditni oʻtkazish tartiblari va uning muddatlari boʻyicha hududdagi mutaxassislar bilan kelishib olindi.