“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Namangan viloyati Chust va Chortoq, tumanlaridagi, “Oqterak”, “Uzun”, “Qorakapa”, “Qoramurt” MFYda qishloq fasilitatorlari tomonidan “Qishloq taraqqiyoti rejasi”ni (QTR) qayta ko‘rib chiqish va 3-ijtimoiy auditga tayyorgarlik uchrashuvlari tashkil etildi.
“Qorakapa” MFYda loyihaning ko‘makdosh hamkori Bolgariyaning “CEED” va O‘zbekistonning “Rhythm Plus” kompaniyalari qishloq fasilitatorlari va V-MTG a’zolari tomonidan 3-ijtimoiy audit o‘tkazish bo‘yicha uchrashuv kuni kelishildi, shuningdek QTR qayta ko‘rib chiqildi. Toza ichimlik suvi QTR dan chiqarilib, keyingi subloyihalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
“Uzun ko‘cha” mahallasida amalga oshirilgan yetakchi subloyiha (toza ichimlik suvi bilan ta’minlash) QTRdan chiqarib tashlandi va birinchi subloyiha sifatida ichki yo‘llarni asfaltlash, uchinchi subloyiha sifatida esa elektr tizimini yahshilash tanlanganligi yuzasidan tushuntirshlar berildi.
“Qoramurt” MFYda Toza ichimlik suvi QTRdan chiqarilib, keyingi subloyihalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
“Oqterak” mahallasida amalga oshirilgan yetakchi subloyiha (toza ichimlik suvi bilan ta’minlash) QTRdan chiqarib tashlandi va birinchi subloyiha sifatida ichki yo‘llarni asfaltlash, uchinchi subloyiha sifatida ko‘cha chiroqlarini rekonstruksiya qilish tanlanganligi yuzasidan tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
Donor tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan aholi bilan ishlash masalalariga ma’sul shaxs sifatida V-MTG a’zolari biriktirildi.
Shu bilan birga o‘z-o‘zini baholash yuzasidan 3.18-shakl bo‘yicha V-MTG a’zolariga savollar bilan murojaat etildi va o‘zini-o‘zi baholash so‘rovnomasining muhokamasi natijalari hisobotga qayd etib borildi. Bundan tashqari, aholiga 3-ijtimoiy audit o‘tkazish bo‘yicha 3.14 shakl bo‘yicha monitoring guruhiga tushuntirishlar ham berib o‘tildi.