Joriy yilning 24 -iyul kuni “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Farg'ona viloyati Chust tumani “ Yettiqo'rgon" MFYda qishloq fasilitatorlari J.Ernazarov, N.Qalandarova muhandis M.Mirahmatovlar tomonidan “Qishloq taraqqiyoti rejasi”ni qayta ko'rib chiqish va 3-ijtimoiy auditga tayyorgarlik uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda Amalga oshirilgan yetakchi subloyiha (toza ichimlik suvi bilan ta’minlash) QTRdan chiqarib tashlandi va birinchi subloyiha sifatida - Ichki ko’chalarni shag'allashtirish va asfaltlash tanlanganligi yuzasidan tushintirshlar berildi hamda donor tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi kerak bo'lgan aholi masalalariga ma'sul shaxs sifatida V-MTG a'zolaridan biriktirildi. Hamda V-MTG a’zolari o’rtasida o’zini-o’zi baholash yuzasidan 3.18-shakl bo’yicha V-MTG a’zolariga savollar bilan murojaat etildi va V-MTG a’zolari o’rtasida o’tkazilgan o’zini-o’zi baholash so’rovnomasining muhokamasi natijalari hisobotga qayd etib borildi. Shuningdek, aholiga 3-ijtimoiy audit o'tkazish bo'yicha 3.14 shakl bo'yicha monitoring guruhiga tushuntirishlar berildi.