2021 yil 1 Fevral kuni Baxmal tumanida Qishloqlarni saralash va Tuman Loyiha Qo’mitasi tomonidan tasdiqlash bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Tuman Loyiha Qo’mitasi aʼzolari ishtirok etdilar va loyihada ishtirok etish uchun tavsiya etilgan 12 ta Mahalla Fuqarolar Yig'inlari (MFY) orasida 9 tasi tanlandi. Baxmal, Muzbuloq, Sangzor, Molguzar, Oyqor, Temirqadam, Madaniyat, Uzunbuloq hamda Saroy Mahalla Fuqarolar Yig'inlari "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasida ishtirok etish uchun loyiq deb topildi va tasdiqlandi. Qishloqni tanlash mezonlari quyidagicha: • Qishloq ushbu tuman yoki qo'shni tuman markazidan ancha uzoqlikda joylashgan bo'lishi kerak; • Qishloqda toza ichimlik suvi ta'minotining yetishmasligi; • Obod qishloq, Obod mahallasi yoki Obod Markaz kabi boshqa davlat infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari bilan qamrab olinmagan bo'lishi kerak. Tadbir davomida “Saroy” MFY raisi B.Jo‘rayeva xam so‘zga chiqdi va uning qishlog‘i tajriba qishlog‘i sifatida tanlab olinganligi hamda u yerda bo‘lgan safarbarlik ishlari to‘g‘risida ishtirokchilarga so‘zlab berdi. Tadbir oxirida tanlab olingan yuqorida ko‘rsatilgan 9ta MFY raislariga ularning vazifalari va loyiha to‘g‘risida tushintirish ishlari olib borildi.