O‘zbekiston Respublikasi Prizidentining 25.11.2020-yildagi "Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4898-sonli qarori imzolangan. Qarorga muvofiq ko'makdosh hamkor ACTED(Fransiya), ISW(Kanada), "Yuksalish" umummilliy harakati, "Taraqqiyot" NNTlar tomonidan amalga oshirilgan safarbarlik ishlari davomida Andijon viloyati Marhamat tumani Yangi hayot MFY da aholi tomonidan tanlangan "Ichki yo'llarni asfaltlash" subloyihasi amalga oshirildi.