Yangiliklar

news image

“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi va “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish guruhlari xodimlari uchun trening bo‘lib o'tdi

Joriy yilning 21-iyun kuni “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi va “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish guruhlari xodimlari uchun nogironligi bo'lgan shaxslarni jamiyatga integratsiya qilish maqsadida trening bo‘lib o'tdi. Trening Jahon banki tomonidan “Sharoit Plus” NNT bilan hamkorlikda o‘tkazildi.   
Treningni Jahon bankining xalqaro maslahatchisi, me'mor Janet Ximenes Santos xonim olib bordi. Trening davomida ishtirokchilar tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning turli turdagi infratuzilma obyektlaridan foydalanishdagi kamchiliklarni aniqlashga qaratilgan turli guruh mashqlari bajarildi.

Twit Yuborish